These features are currently under development. We will announce on our Telegram
channel (https://t.me/afu_web) when they become
available.
Biography
Men, Inogamova Nigora Abdulxaevna, 1965-yil 26-avgustda Toshkent shahrida tug‘ilganman. Millatim — o‘zbek. 1989-yilda Toshkent davlat tibbiyot institutini tamomlaganman, mutaxassisligim — nevrolog. Tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasiga egaman. Rus va ingliz tillarini bilaman.
Mehnat faoliyatimni 1989-yilda shifokor-nevrolog sifatida boshlaganman. Turli yillarda Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi tibbiy-sanitar qismida, II ToshMI va Toshkent tibbiyot akademiyasining Asab kasalliklari kafedralarida klinik ordinator, aspirant va assistent lavozimlarida faoliyat yuritganman. 2010–2025-yillarda Toshkent shahar tibbiy maslahat-diagnostika markazida shifokor-nevrolog bo‘lib ishlaganman.
2025-yildan hozirgi kunga qadar Alfraganus universiteti nodavlat ta’lim tashkiloti tibbiyot fakultetida katta o‘qituvchi lavozimida faoliyat olib bormoqdaman.