These features are currently under development. We will announce on our Telegram
channel (https://t.me/afu_web) when they become
available.
Biography
Ne'matova Gulruh Bobir qizi 1996-yil 17-oktabr Toshkent shahrida ziyoli oilasida tug'ilgan. 2002-2011 yillarda Toshkent shahar Yunusobod tumani 302-o'rta ta'lim maktabini imtiyozli shahodatnoma bilan tamomlab, 2011-yil Ingliz tili fan olimpiadasi shahar bosqichida 1-o'rinni egallab, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi Shayxontohur akademik litseyiga imtiyozli qabul qilingan. 2014-yilda litseyni muvaffaqiyatli tamomlab, Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston milliy universiteti Jurnalistika fakultetiga o'qishga kirib, 2016-2017, 2017-2018 o'quv yillarida 2 marotaba O'zMU stipendianti bo'lgan. 2018-yil O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Xalqaro jurnalistika mutaxassisligi bo'yicha magistraturani muvaffaqiyatli tamomlagan. 2022-yildan O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti To'g'on va Qudrat Ernazarovlar nomidagi jamoatchilik bilan aloqalar kafedrasi tadqiqotchisi, 2023-yildan ALFRAGANUS UNIVERSITY Filologiya fakulteti Sharq filologiyasi kafedrasi katta o‘qituvchisi