Jalilov Fazliddin Sodiqovich – farmatsevtika va kimyo fanlari doktori(DSc), professor. 1982 yilda Buxoro viloyati Jondor tumanida tavallud topgan, oilali, 3 ta farzandi bor. Millati o'zbek. U 2004 yilda Toshkent farmatsevtika institutini imtiyozli diplom bilan tamomladi. 2005-2008 yillarda mazkur institutning toksikologik kimyo kafedrasida aspirant bo‘lib, mehnat faoliyatini olib bordi. 2005 yilda Toshkent farmatsevtika institutining aspiranturasini tugatib, toksikologik kimyo kafedrasida assistent bo‘lib ishladi. 2008 yilda “Sud-kimyo amaliyoti uchun geksamidinni biologik ashyoviy dalillardan ajratib olish va tahlil usullarini yaratish” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 2022 yilda “Antidepressant dori vositalari va spayslar modifikatsiyalarining kimyo-toksikologik va biofarmatsevtik xususiyatlari” mavzusi bo‘yicha DSc doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. 2010 – 2023 yillar oralig’ida Toshkent farmatsevtika instituti katta o‘qituvchi, dotsent, professor, kafedra mudiri lavozimlarida ishlagan. Muallif 300 dan ortiq ilmiy nashrlar, shuningdek farmatsevtik va kimyo fanlari bo‘yicha 12 ta monografiya, 70 ga yaqin o‘quv-uslubiy tavsiyanoma, ko'rsatma va qo‘llanmalar, 11 ta o'quv qo'llanma hamda 2 ta darsliklar muallifi. Jalilov Fazliddin Sodiqovich 2009 yil may oyidan boshlab Xalqaro sud toksikologlar assotsiatsiyasi (TIAFT) aʼzosi. 30 ga yaqin Bitirub malakaviy ishlarga, 17 ta magistrlik, 5 ta PhD va 1 ta DSc doktorantlarga rahbarlik qilgan. 2015 yilda Italiyaning Italiyaning Florentsiya shahrida Xalqoro sud toksikologlar assotsiatsiyasi 53-anjumanida Oʼzbekistondan ilk yosh toksikolog kimyogar olim sifatida qatnashdi. 2016 yil Аvstraliyaning Birizben shahrida Xalqoro sud toksikologlar assotsiatsiyasi (TIAFT) granti sovrindori boʼldi. 2015 yil Oʼzbekiston Respublikasi “Oliy taʼlim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovda sogʼliqni saqlash sohasi boʼyicha “Innovatsiya va axborot texnologiyalarini qoʼllaydigan eng yaxshi pedagog” nominatsiyasida Respublika miqyosida faxrli 1-oʼrin sohibi boʼldi. 2016 yil Oʼzbekiston Sogʼliqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi qoʼshma qarori asosida oʼtkazilgan “Eng faol yosh shifokor” koʼrik tanlovi tarmoq respublika bosqichining “Sogʼliqni saqlash sohasida yosh kimyogar olim” nominatsiyasi gʼolibligini qoʼlga kiritib, diplom bilan taqdirlandi. 2015 yil mart oyidan boshlab Xalqro dori vositalarining terapevtik monitoringi va klinik toksikologlar assotsiatsiyasi aʼzosi hisoblanadi. 2017 yilda Ushbu tashkilotning xalqaro grantini qoʼlga kritib, Yaponiyaning Kioto shahrida boʼlib oʼtgan 15-xalqaro kongresida ishtirok etdi. 2016 yildan Xalqaro muhandislar assotsiatsiyasining aʼzosi. 2023 yilda u IAAR mustaqil akkreditatsiya va reyting agentligining xalqaro eksperti bo'ldi. Xorijdagi, jumladan Italiya,Yaponiya, Ukraina, Rossiya, Avstraliya, Germaniya, Turkiya, Litva, Qozog’iston, Qirg'iziston va boshqa davlatlarda ilmiy seminar va konferensiyalar ishtirokchisi. 2023 yil oktyabr oyidan ALFRAGANUS universiteti Tibbiyot fakulteti Farmatsevtika va kimyo kafedrasi mudiri.