These features are currently under development. We will announce on our Telegram
channel (https://t.me/afu_web) when they become
available.
Biography
Men, Umarov Oqil Omiljonovich 1987 yil 7 oktyabr kuni Namangan viloyatida tugʼilganman. 1994-2003 yillar davomida Toshkent shahridagi 243-sonli oʼrta maktabida oʼqib 9-sinfni tugatgach, 2003-2006 yillarda Toshkent shaxridagi Mirzo Ulugʼbek nomidagi Oʼzbekiston Milliy Universiteti qoshidagi Sobir Raximov akademik litseyida oʼqishni davom ettirdim. 2006-2010 yillarda Mirzo Ulugʼbek nomidagi Oʼzbekiston Milliy Universitetining Iqtisodiyot fakultetini Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar) yoʼnalishi boʼyicha bakalavr bosqichida, 2010-2012 yillarda makroiqtisodiyot ixtisosligi boʼyicha magistraturani tugatdim. 2012 yildan 2023 yilgacha Oʼzbekiston Milliy Universiteti Iqtisodiyot fakulьteti “Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi oʼqituvchi lavozimida ishladim. 2023 yildan hozirga qadar Alfraganus universitetida Iqtisodiyot fakulteti Iqtisodiyot kafedrasida katta oʼqituvchi lavozimida faoliyat olib bormoqdaman.