These features are currently under development. We will announce on our Telegram
channel (https://t.me/afu_web) when they become
available.
Biography
Yulchiyev Farrukh Fozilovich 1987 yil 27 aprel kuni Toshkent viloyati Qibray tumanida ziyolilar oilasida tug'ilgan. Millati o'zbek, 1994-2004 yilga qadar Toshkent viloyati, Qibray tumanida joylashgan 25-umum ta'lim maktabida 11 sinfni tamomlagan.
Ma'lumoti oliy, 2004-2008 yil Toshkent Irrigatsiya va Melioratsiya Institutini bakalavriyat va 2009-2011 yil Toshkent Irrigatsiya va Melioratsiya Institutini magistratura bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagan.
Ikkinchi mutaxassislikga 2018-2021 yil UZDJTSU Boks fakulteti bakalavriyat va 2021-2023 yil O'zbek Bellarus qo'shma fakulteti sport faoliyati magistratura bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagan.
Kikboks sport turi bo'yicha bir necha bora Respublika chempioni Xalqaro turlar g'olibi Jahon chempionati sovrindori va sport ustasi.
Unifight sport turi bo'yicha O'zbekiston Respublikasi chempioni. Penchak Silat sporti bo'yicha O'zbekiston chempioni va bir necha bora Xalqaro musobaqalar sovrindori va sport ustasi. Muay-Thay sport bo'yicha O'zbekiston chempioni. Hozirgi kunda "ALFRAGANUS UNIVERSITY” Sport faoliyati kafedrasida o'qituvchisi.